«Oʻzbekkino» va «Tatarkino» hamkorlik mahsuli: “Sumbul” filmi premyerasi oʻtkazildi
Kuni kecha “Oʻzbek milliy kino sanʼati haftaligi” doirasida «Oʻzbekkino» MA va «Tatarkino» bilan hamkorlikda “Buxoriylar” MCHJ tomonidan suratga olingan “Sumbul” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtdi.
Film drama janrida boʻlib, unda tataristonlik Sumbul ismli qizning yolgʻon muhabbatga aldanishi, qalb iztiroblari va keyinchalik, oʻz baxtini topishi yoʻlidagi voqealar tasvirlangan.
Film ssenariy mualliflari Rashid Malikov, Iffat Kamaliyev, rejissyorlar Ramil Fazliyev, Rashid Malikov. Aktyorlar Sabina Asanova, Eldar Haydarov, Karim Mirhodiyev, Nigora Karimboyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring