Oʻzbekiston—Qozogʻiston chegarasida “Markaziy Osiyo” sanoat majmuasi quriladi

15:57 17 Fevral 2024 Jamiyat
411 0

“Joriy yilda Qozogʻiston—Oʻzbekiston chegarasida sanoat majmuasi qurilishi boshlanadi”. Shunday sarlavhali maqola Qozogʻistonning “Kazinform” xalqaro axborot agentligi saytida joylashtirildi.

Taʼkidlanishicha, Qozogʻistonning Turkiston va Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatlarida quriladigan “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga koʻra, u yerda yopiq majmua bunyod etiladi, ishlab chiqarish va ulgurji savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Maʼlum qilinishicha, 2030-yil majmuaning toʻliq ishga tushirilishi va tijorat maqsadlarida foydalanish davri sifatida belgilangan.

“Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yalpi ichki mahsulotini koʻpaytirish bilan birga, chegaradosh viloyatlarni yirik logistika markaziga aylantirishga xizmat qiladi“, — deb yozgan ”Kazinform” agentligi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер