Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd. AQSH dollariga yetdi

16:32 21 Fevral 2022 Iqtisodiyot
726 0

Illyustrativ foto

2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 3,5 mlrd. AQSH dollariga teng boʻldi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.

Xabarga koʻra, eksport hajmi 1,4 mlrd. dollarga yetgan. Shundan mahsulotlar eksporti hajmi 1,2 mlrd. dollarni, xizmatlarning ulushi esa 176,5 mln. dollarni tashkil qilmoqda.

Import hajmi esa 2,1 mlrd. dollarga teng boʻlib, shundan 1,9 mlrd. dollar mahsulotlar hissasiga, 147,1 mln. dollar esa xizmatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер