Oʻzbekistonning qimmatbaho qogʻozlar ishlab chiqaruvchi korxonasida rahbar oʻzgardi
Baxtiyor Jalilovich Jumayev Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori etib tayinlandi.
Bunga qadar tashkilotga Sulaymon Xudoyqulov rahbarlik qilib kelardi. Jumayev aynan uning oʻrnini egallaydigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi — qalbakilashtirishdan himoyalangan qimmatli qogʻozlar, pasport qogʻozlari, aksiz markalar uchun qogʻozlar, pul bosiladigan qogʻozlar, banknotlar, sertifikatlar, lotereya biletlari, veksellar, cheklar, aksiz va pochta markalari, kolleksiya va esdalik tangalari toʻplami, esdalik nishonlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi birlashmadir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring