Oʻzbekistonning My Freighter yuk aviakompaniyasi birinchi Boeing-747 samolyotini xarid qildi
Jumbo Jet nomi bilan tanilgan va 105 tonna sigʻimga ega Boeing-747 My Freighter kompaniyasining birinchi shaxsiy yuk samolyoti boʻldi. 2019-yilda tashkil etilgan aviakompaniya shu paytgacha Uzbekistan Airways kompaniyasidan ijaraga olingan samolyotlarda yuk reyslarini amalga oshirib kelgan.
Yaqin kelajakda My Freighter yana beshta Boeing-747 yuk samolyotini sotib olishni, yaqin besh yil ichida esa parkni 20 ta yuk samolyotigacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring