Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
“Oʻzgidromet” 19-iyul, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—24 daraja iliq, kunduzi 36—38 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 35—40 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—23 daraja iliq, kunduzi 28—33 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12—17 daraja iliq, kunduzi 22—27 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring