Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 5-noyabr kuni yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 5-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 15-17° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda (yomgʻir, qor). Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring