Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 4-mart kuni yomgʻir yogʻadi, havo harorati 26 darajaga koʻtariladi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 4-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 19-21° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 19-24° iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 21-26° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, Toshkent viloyatining baʼzi joylarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring