Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 31-avgust kuni ertalab va kechasi qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 31-avgust, payshanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 26-28° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esad, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi mumkin, momaqaldiroq boʻladi.
Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring