Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 3-iyul kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 3-iyul, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin . Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 36-38° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-257°, choʻl hududlarida 26-28° gacha kunduzi 33-38°boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduz kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 33-38°boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzida 20-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 36-41°, Surxondaryo viloyatida 42-43° gacha boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduz kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-29° boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring