Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 23-noyabr kuni yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 23-noyabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–6 daraja, kunduzi 16–18 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekud tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 12–17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–6 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring