Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 22-fevral kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

23:44 21 Fevral 2023 Jamiyat
833 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 22-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 14-16° iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7°iliq, kunduzi 13-18°iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18°iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10°iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер