Oʻzbekistonliklarning BAAga borishi 16,2 foizga oshdi
Illyustrativ foto
Birlashgan Arab Amirliklariga sayohat qiluvchi oʻzbekistonliklar soni 16,2 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.
Unga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida jami 44,8 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 6,3 ming nafarga koʻp.
BAAga safar qilganlarning 39 172 nafari sayyohlik, 5 024 nafari qarindoshlarni yoʻqlash, 363 nafari xizmat yuzasidan, 167 kishi davolanish, shuningdek, 70 nafar shaxs oʻqish maqsadida mamlakatga tashrif buyurgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring