Oʻzbekistonlik velosportchi final chizigʻigacha ham yetib kela olmadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Veloshosse boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi guruh poygasi dasturi oʻz yakuniga yetdi. Afsuski, 273 kilometrga moʻljallangan mazkur yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Nikita Svetkov finishga yetib kela olmadi.
Poygada belgiyalik Remko Evenepoyel oltin, Fransiyalik atletlar Valentin Madouas va Kristof Laporte mos ravishda kumush va bronza medallariga egalik qilishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring