Oʻzbekistonlik talaba amerikalik choʻkayotgan ota-bolani qutqarib qoldi
Rossiyaning Volgograd shahrida oʻqiyotgan oʻzbekistonlik talaba Jasurbek Rajabov 2019-yilda Volga daryosida choʻkayotgan amerikalik erkak va uning 7 yoshli oʻgʻlini qutqarib qolgani uchun medal bilan taqdirlandi.
Talaba mahalliy V1.ru nashriga bergan intervyusida aytishicha, uning Oʻzbekistondagi ota-onasi na hodisa haqida, na taqdirlanish haqida bilmaydi, deb yozadi Sof.uz.
22 yoshli Jasurbek Volgograd davlat agrar universitetida qutqaruvchilik boʻyicha tahsil oladi. Oʻtgan yili yozgi amaliyotda u Volgograd viloyatining Danilovskiy tumanidagi “Bobri” plyajida boʻldi. Plyajda choʻkayotgan odamlarni koʻrgach, u ularga qarab suzdi.
“U yerda ota-bola bor edi. Ular 3 metr chuqurlikda edi. 7 yoshli bola umuman suzishni bilmasdi. Erkak ham suv yuzida arang turgan edi”, — dedi yosh qutqaruvchi.
Rajabov “halok boʻlayotganlarni qutqargani uchun” medali bilan taqdirlandi.
U taqdirlanish chogʻida oʻzi qutqargan oila Volgogradga Filadelfiya (AQSH)dan kelganini bilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring