Oʻzbekistonlik rektor Ozarbayjon Fanlar akademiyasining faxriy doktori boʻldi
Fotо: eduuz
Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar qildi.
Nizomiy nomidagi Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Adabiyot institutida oʻtgan xalqaro anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinovga mazkur nufuzli institutning faxriy doktori unvoni berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring