Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Singapurda oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada beshta medallarini qoʻlga kiritdi
Foto: “Dunyo” AA
Joriy yilning 19-21-yanvar kunlari Singapurda “Seamo X 2024” xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, “Seamo X 2024” xalqaro olimpiadasida besh nafar vakilimiz Oʻzbekiston sovrindorlar qatoridan oʻrin egalladi.
Jumladan, Muhammad Olimboyev kumush, Asilbek Qahhorov, Mirodil Mirzavaliyev, Javohirbek Akramjonov, Jahongir Qilichev bronza medalini qoʻlga kiritdi.
“Seamo X 2024” — bu Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqaro matematika olimpiadasi boʻlib, unda dunyo boʻylab 1-11 sinf oʻquvchilari qatnashish huquqiga ega. Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasiga Singapurning Terri Chev akademiyasi tomonidan asos solingan. Ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada Avstraliya, AQSH, Singapur, Indoneziya, Yaponiya, Xitoy, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlar oʻquvchilari faol ishtirok etib kelmoqda.
Mazkur xalqaro bilimlar bellashuvi milliy va xalqaro bosqichdan iborat. Milliy bosqich har yili oktyabr oyida oʻtkaziladi. Xalqaro bosqich esa milliy bosqichning natijalari eʼlon qilingandan soʻng har yili yanvar oyida tashkil etiladi.
Milliy bosqichda savollar ingliz, rus va oʻzbek tillarida, xalqaro bosqichda esa faqat ingliz tilida taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring