Oʻzbekistonlik maktab oʻquvchisi Italiyada oʻtkazilgan xalqaro ingliz tili fani olimpiadasida birinchi oʻrinni egalladi

19:36 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
811 0

Foto: “Dunyo” AA

Rimda “Global Hippo Association” tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan “HIPPO” xalqaro ingliz tili fani olimpiadasining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilda mazkur olimpiadaning saralash bosqichlarida 70 ga yaqin davlatning 83 ming nafardan ziyod oʻquvchilari ishtirok etdi.

“HIPPO” xalqaro olimpiadasining Oʻzbekistondagi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar joriy yil iyun oyida Istanbulda (Turkiya) oʻtkazilgan yarim final bosqichida kuch sinashdilar. Unda Buxoro, Sirdaryo va Toshkent maktablarining toʻqqiz nafar oʻquvchilari oʻz guruhlarida gʻolib chiqib, final bosqichiga yoʻllanma olgan edi.

Shu yilning 27-29-sentyabr kunlari Rimda Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi shafeligida oʻtkazilgan yakuniy bosqichda turli davlatlardan kelgan 273 nafar oʻquvchi ingliz tilida oʻz bilimlarini sinash uchun turli guruhlarda oʻzaro bahslashdi.

Guruhlar oʻrtasida kechgan bilimlar bellashuvida Sirdaryo viloyati maktab oʻquvchisi Nigora Toʻychiboyeva “Little Hippo” guruhida gʻolib boʻlib, xalqaro olimpiada birinchi oʻrinni egalladi.

“Global Hippo Association” nodavlat notijorat tashkiloti 2012-yilda tashkil etilgan. Ushbu NNT ingliz tili asosiy til boʻlmagan davlatlarda maktab oʻquvchilari orasida ingliz tilini oʻrganishni targʻib qiladi. Buyuk Britaniyaning “Pearson Education” tashkiloti bilan hamkorlikda 2013-yildan buyon 1-11 sinf oʻquvchilari orasida har yili “HIPPO” xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi oʻtkazib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер