Oʻzbekistonlik YPX xodimi qoʻl jangi boʻyicha dunyoda tengsiz boʻldi
Sportning qoʻl jangi turi boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik YPX xodimi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur jahon chempionati Turkiyaning Bursa shahrida oʻtkazilgan boʻlib, unda Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimi, safdor Nazarmatov Sirojiddin 90+ kg vazn toifasida ishtirok etgan.
Safdor Sirojiddin Nazarmatov mazkur chempionat doirasida bellashgan barcha raqiblarini magʻlub etgan holda jahon chempioni nomiga sazovor boʻlgan.
“Gʻalaba soʻngida u ushbu yutuqni Oʻzbekiston ichki ishlar tizimi xodimlarining jismoniy tayyorgarlik, qatʼiyat va iroda borasidagi yuksak salohiyatining amaldagi isboti ekanligini taʼkidladi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring