Oʻzbekistonlik hakamlar Jahon chempionatida ishlaydi
Oʻzbekistonlik hakamlar Jahon chempionatida ishlaydi. Bu haqda FIFA oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, FIFA referisi Ilgiz Tantashev va uning yordamchilari Andrey Sapenko hamda Timur Gaynulin mundialda ishtirok etishadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun, FIFA Osiyo mintaqasidan Jahon chempionati uchun 8 ta hakamlar guruhini jalb etdi. Ular orasida faqatgina 4 ta guruh mundialga toʻliq tarkib bilan boradi va ular ichida Ilgiz Tantashevning guruhi ham mavjud.
Maʼlumot uchun, futbol boʻyicha Qatarda tashkil etilgan soʻnggi mundialda Oʻzbekistondan birorta ham hakam musobaqaga jalb etilmagan edi. Oxirgi marta mundialda ishlagan oʻzbek hakami esa Ravshan Ermatov hisoblanadi. Shuningdek, Ravshan Sayfiddinovich mundialda eng koʻp oʻyin boshqargan referi sifatida ham tarixga kirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring