Oʻzbekistonlik chavandoz Slovakiyada oʻtkazilayotgan xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Konkurs boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Slovakiyada tashkil etilgan “Šamorín - Danube Champions Tour IV 2023” turnirida ishtirok etmoqda.
Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, musobaqaning ilk kunida terma jamoamiz aʼzolari shohsupaga koʻtarilishdi.
140 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash dasturida Bekzod Qurbonov eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz “Santos Xipika” tulporida ushbu muvaffaqiyatga erishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring