Oʻzbekistonlik 27 yoshli futbolchi vafot etdi

18:45 11 Aprel 2026 Sport
441 0

Oʻzbekistonlik futbolchi Xushnudbek Avilov 27 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Hannews.kz” nashri xabar bermoqda.

Maʼlumot uchu, Xushnudbek Avilov faoliyati davomida mamlakatning bir qator yetakchi klublari — “Paxtakor”, “Navbahor”, “Andijon”, “Qoʻqon-1912” va “Turon” jamoalari safida toʻp tepgan. Uning soʻnggi jamoasi Toshkentning “Doʻstlik” klubi boʻldi. U mazkur jamoa safida 2024-yildan buyon harakat qilib kelayotgan edi.

Avilov oʻz vaqtida Oʻzbekistonning U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham chaqirilgan va xalqaro maydonlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер