Oʻzbekistonga yangi turdagi “Sinovak” vaksinasi olib kelindi
Turkiya hukumati tomonidan Oʻzbekistonga begʻaraz yordam sifatida COVID-19ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak” vaksinasi olib kelinishi haqida xabar berilgan edi.
Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatimizga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati yurtimiz vakillari tomonidan qabul qilib olindi.
Oʻzbekiston va Turkiya hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatimizga keltirilgan oltinchi vaksinadir.
Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring