Oʻzbekistonga transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 6 foizga kamaygan

08:03 15 Iyul 2020 Iqtisodiyot
1008 0

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 2,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 156 mln. dollarga yoki 6 foizga kamaydi. Bu haqda MB maʼlum qildi.

Oʻz navbatida chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 427 mln. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 40 mln. dollar yoki 9 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 2 mlrd. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 116 mln. dollarga (yoki 5 foizga) kamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер