Oʻzbekistonga soʻnggi 7 oyda 1,3 million tonna sement import qilingan
Foto: Arxiv surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga qiymati 52,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 421 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
— Tojikiston – 533 ming tonna;
— Qirgʻiz R. – 385 ming tonna;
— Qozogʻiston – 353 ming tonna;
— Turkmaniston – 11,5 ming tonna;
— Eron – 6,7 ming tonna;
— Xitoy – 1,4 ming tonna;
— Rossiya – 782 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring