Oʻzbekistonga qiymati 4,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan changyutgichlar import qilingan

12:19 05 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
761 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 4,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 93 661 dona changyutgichlar import qilingan.

Changyutgich importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 17,6 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston 23 ta davlatdan changyutgich import qilgan.

Oʻzbekiston 7 oy mobaynida eng koʻp changyutgichlarni import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 39,8 mingta

— Vyetnam – 31,5 mingta

— Turkiya – 10,5 mingta

— Malayziya – 2,6 mingta

— Polsha – 2,2 mingta

— Fransiya – 2 mingta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер