Oʻzbekistonga kartoshka kirib kelish hajmi oshgani aytildi

23:35 05 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
1476 0

Oʻzbekistonga import qilinayotgan kartoshka qariyb 103 ming tonnaga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 44,5 million AQSH dollariga teng boʻlgan 389,5 ming tonna kartoshka import qilingan.

Shuningdek, Oʻzbekistonga eng koʻp kartoshka import qilgan davlatlar ham aytildi:

Qozogʻiston — 128 ming tonna;

Eron — 127 ming tonna;

Pokiston — 100 ming tonna;

Qirgʻiziston — 19 ming tonna;

Niderlandiya — 11 ming tonna;

Rossiya — 4,4 ming tonna;

Fransiya — 616 tonna;

Afgʻoniston — 374,6 tonna;

Germaniya — 66,3 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер