“Oʻzbekistonga investitsiya kiriting!” — “Yangi innovatsion Oʻzbekiston gullab yashnasin!”
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, Jahon fiziologlar jamiyati akademigi, Rim universiteti faxriy professori Bakriddin Zaripovning shu nomdagi Bilbordi Nyu-York markazi — Manhettendagi 80 qavatli binoda aks etdi.
B. Zaripov AQSHning nufuzli NASA loyihasida oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish fiziologiyasi boʻyicha muhokama hamda tadbirlarda faol ishtirok etib, mazkur loyihaning ishtirokchisiga aylandi.

Shuningdek, Samarqand davlat universiteti tarkibida Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining tashkil etilishi hamda olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar xorijlik mutaxassislar tomonidan yuksak eʼtirof etildi.
Maʼlumot uchun, akademik Bakriddin Zaripov Harvard universiteti talabalariga dars berish maqsadida AQSHga joʻnab ketgan edi. Harvard universiteti vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
— Olib borgan muzokaralarimiz natijasida Harvard universiteti professori I. Kushak Samarqand davlat universiteti talabalariga dars berishga rozilik bildirdi, — deydi akademik Bakriddin Zaripov. — Talabalarning SamDU va Samarqandga boʻlgan qiziqishlari juda ham yuqori. Ular taʼtil davrida universitetga kelib, oʻz tengdoshlari bilan uchrashuvlar oʻtkazish istagini bildirdi.

Mazkur tashrif doirasida Nyu-York universiteti vakillari bilan ham muzokaralar oʻtkazildi. Unda Nyu-York universiteti professorlari Allan Jaks, E. Gurman Samarqand davlat universiteti talabalariga dars berish boʻyicha kelishib olishdi.
Behruz SHAMSIDDINOV,
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati xodimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring