Oʻzbekistonga 9 oyda 99,8 mingta televizor import qilingan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 25,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 99 756 dona televizor import qilingan.
Televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 13,6 mingtaga kamaygan.
Oʻzbekiston 15 ta davlatdan televizor import qilgan.
Oʻzbekiston 9 oy mobaynida eng koʻp televizor import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 58,1 mingta;
— Rossiya – 37,7 mingta;
— Indoneziya – 3,1 mingta;
— Polsha – 358 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring