Oʻzbekistonga 7 oyda 3 mlrd AQSH dollari hajmida pul oʻtkazmalari amalga oshirildi

11:37 18 Avgust 2020 Iqtisodiyot
930 0

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln. dollarga yoki 7 foizga kamaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Oʻz navbatida chet elga yuborilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln. doll. yoki 8 foizga kamaydi.

Natijada transchegaraviy pul oʻtkazmalari boʻyicha ijobiy saldo 2,5 mlrd. dollarga yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln. dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер