Oʻzbekistondan konditsioner eksporti 2,5 mln. AQSH dollariga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 4 oyida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 3,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan konditsioner eksport qilgan.
Konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
Ozarbayjon – 2,4 mln.
Rossiya – 315,9 ming
Turkmaniston – 304,4 ming
Tojikiston – 223,8 ming
Qozogʻiston – 159,9 ming
Qirgʻiz R. – 59,6 ming
Moldova – 38,8 ming
Yaman – 18,3 ming AQSH dollari
2021-yilning dastlabki 4 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 2,7 mln.
Toshkent viloyati – 796,4 ming
Andijon viloyati – 0,9 ming AQSH dollari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring