Oʻzbekistondagi OTMlarda toʻlov-kontrakt miqdorining oshgani haqidagi xabarga munosabat bildirildi

22:04 25 Avgust 2022 Jamiyat
1184 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi haqida tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri va toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023 oʻquv yili uchun rasman tasdiqlanmagan.

Shuningdek, bu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari va moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер