Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — meros va bilim monumenti

23:40 29 Aprel 2025 Jamiyat
550 0

Arxiv surat

Oʻmonning “Oman Observer” nashrida Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida maqola eʼlon qilindi. Maqolada markazning tarixiy ahamiyati, meʼmoriy xususiyatlari va kelajakdagi vazifalari haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Markazning meʼmoriy loyihasi mashhur meʼmor Abduqahhor Turdiyev tomonidan ishlab chiqilgan. U 7,5 gektar maydonni egallab, 42 000 kvadrat metrlik uch qavatli binoni oʻz ichiga oladi. Binoning markaziy gumbazi 65 metr balandlikda boʻlib, Toshkent shahar manzarasiga oʻzgacha koʻrk bagʻishlaydi. Kirish eshiklari Qurʼon oyatlari va hadislar bilan bezatilgan boʻlib, ular ilm, bagʻrikenglik va ota-onalarga hurmat kabi qadriyatlarni targʻib etadi. Asosiy kirish eshigi Samarqanddagi Registon maydonidagi Ulugʻbek madrasasi portaliga oʻxshash tarzda loyihalashtirilgan.

Markazning asosiy maqsadlari orasida Islom olamida olim va mutafakkirlarning ilm-fan, madaniyat va taʼlim sohalaridagi ulkan hissalarini oʻrganish va saqlash, yoshlar orasida insonparvarlik, milliy tarixga hurmat va bagʻrikenglikni targʻib qilish, shuningdek, madaniyatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirish kabi vazifalar bor. Markaz xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Maqolaning toʻliq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер