“Oʻzbekistondagi Elseiver ilmiy kunlari” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda
Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Niderlandiyaning Elseiver kompaniyasi tomonidan “Oʻzbekistondagi Elseiver ilmiy kunlari” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi. Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek
Konferensiyaning dastlabki kunida “Tadqiqotlar kelajagi” va “COVID-19 dan keyingi kelajak” mavzularida muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek
Taʼkidlanishicha, oliy taʼlim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, shuningdek, yoshlarni ilmiy faoliyatga kengroq jalb qilish, fanlarning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, dunyoning yetakchi mamlakatlari hamda THE, QS, ARWU, MULTI-ranking kabi nufuzli reyting agentliklari tajribasi asosida oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Bundan tashqari, Ulugʻbek
— Dastlabki kelishuvlarga koʻra, ushbu platformaga Oʻzbekistonning 13 ta taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari kiritilgan boʻlib, bugungi kunda ularning ilmiy yoʻnalishdagi faolligi maʼlum darajada oshgan, — dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻz nutqida. — Shuni ham aytish joizki, biz Elseiver
Konferensiya davomida xalqaro ekspertlar tomonidan COVID-19 davrida sogʻliqni saqlash sohasidagi tadqiqotlar, Barqaror Rivojlanish Dasturini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari kabi qator mavzularda maʼruzalar qilindi.
Bugun, xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni nashrlarning Scopusʻda qayd etilishi, Elsevier tomonidan tavsiya qilinayotgan platformalar Scival hamda Pure dasturlarining ilmiy sohadagi imkoniyatlari bilan tanishtirish kabi mavzularda davom etyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring