Oʻzbekistondagi ayrim aeroportlar "paket prinsipi” asosida sheriklikka berilishi mumkin

20:59 05 Avgust 2020 Iqtisodiyot
1250 0

Arxiv surat

Oʻzbekistondagi ayrim aeroportlar "paket prinsipi” asosida sheriklikka berilishi mumkin.

Bu haqda davlat rahbari ishtirokida energetika, transport, kommunal xoʻjalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan oʻtkazilgan taqdimot vaqtida aytib oʻtildi.

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistondagi mavjud aeroportlarni modernizatsiya qilish uchun oʻrtacha 800 million dollar talab etiladi. Shu munosabat bilan, Jahon banki bilan birgalikda Toshkent, Buxoro, Fargʻona va Urganch aeroportlarini “paket prinsipi” (zarar bilan ishlayotgan havo portlarini foyda keltirayotganlari bilan sheriklikka berish) asosida sheriklikka berish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga texnik topshiriqlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер