Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
Tojikistonda sodir boʻlgan ur silkinishi Surxondaryo viloyatining 4 hududida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Manbaga koʻra, bugun, 8-iyul kuni soat 18:04 da (Grinvich boʻyicha 13:04 da) Tojikiston hududida zilzila sodir boʻlgan. Yer qimirlashi koordinatalari: 37,83 gradus shimoliy kenglik, 68,14 gradus sharqiy uzunlikka toʻgʻri keladi.
Zilzila magnituda 4 ga teng. Silkinish 10 km chuqarlikda yuzaga kelgan boʻlib, uning epitsentri Toshkentdan 393 km janubiy-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Shoʻrchi tumanida 2-3 ball, 28 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
- Qumqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 49 km.
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring