Oʻzbekistonda joriy yilning 6 oyi mobaynida 3,8 million tonna sabzavot yetishtirilgan
2025-yil yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 3,8 million tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unga koʻra, hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavot ekinlari hajmining eng yuqori koʻrsatkichi Surxondaryo viloyatida qayt etilib, hududda joriy yilning 6 oyi mobaynida 719,7 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan.
Undan keyingi oʻrinda 670,7 ming tonna koʻrsatkich bilan Andijon viloyati ikkinchi, 511,8 ming tonna sabzavot ekinlari yetishtirgan Fargʻona viloyati esa uchinchi pogʻonadan joy olgan.
Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavot ekinlari hajmi quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent viloyati – 375 ming tonna;
- Samarqand viloyati – 340,8 ming tonna;
- Namangan viloyati – 297,7 ming tonna;
- Buxoro viloyati – 291,4 ming tonna;
- Qashqadaryo viloyati – 205 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 126,8 ming tonna;
- Sirdaryo viloyati – 85,5 ming tonna;
- Navoiy viloyati – 76,4 ming tonna;
- Jizzax viloyati – 63,9 ming tonna;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 59,9 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring