Oʻzbekistonda joriy yilning 5 oyi davomida 42 nafar fuqaro ovqatdan zaharlangan
2025-yilning oʻtgan 5 oyi davomida 14 ta holatda ovqatdan zaharlanishlar roʻyxatga olinib, unda 42 nafar fuqaro jabrlangan. Bu haqida Sanepidqoʻmita axborot xizmati maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, yuzaga kelgan ovqatdan zaharlanish holatlarining 10 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish natijasida “Botulizm” kasalligi qayd etilgan. Ulardan 8 nafarini bolalar tashkil qilgan.
Shuningdek, 3 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi qayd etilib, 13 nafar fuqaro jabrlangan, shundan 8 nafarini bolalar tashkil etgan. 1 ta holatda kimyoviy zaharlanish holati aniqlangan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha har yili 600 millionga yaqin kishi zaharli yoki sifatsiz ovqat isteʼmoli oqibatida kasallanadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2024-yilda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan jami 20 ming 184 ta umumiy ovqatlanish korxonalarining 1 ming 512 tasida olib borilgan tekshiruvlar natijasida, ularning 664 tasida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablari buzilganligi aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring