Oʻzbekistonda yosh oʻgʻil-qizlar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilmoqda

19:50 23 Noyabr 2023 Jamiyat
204 0

Sogʻliqni saqlash vazirligining xabariga koʻra, ayni paytda kichik yoshdagi bolalarning nafas yoʻllari yuqumli kasalliklariga chalinish koʻrsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan anchagina ortadi.

Bu yil ham yurtimizda yosh oʻgʻil-qizlar orasida oʻtkir respirator kasalliklarning davriy koʻtarilishi kuzatilmoqda.

Ushbu xastalikka chalinishning asosiy ulushi esa Toshkent shahri aholisi hissasiga toʻgʻri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik shifoxonalariga yuklamalar yilning boshqa davrlariga nisbatan ortgan.

Vazirlik bunga qarshi choralar ishlab chiqdi:

Zangiota-1 yuqumli kasalliklar shifoxonasida oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga chalingan bolalar uchun ajratilgan oʻrinlar sonini 300 tadan 500 taga oshirish belgilandi.

Soʻnggi kunlarda aholidan haroratining koʻtarilishi, yoʻtal belgilari bilan chaqiruvlar soni ortgani sababli “103” xizmatiga ertalab soat 06:00 dan 14:00 gacha poytaxt shifoxonalarida zaxirada boʻlgan 40 ta avtomashina qoʻshimcha ajratildi.

Shu yilning 25-noyabridan vazirlik tomonidan tez tibbiy yordam xizmatiga 29 ta toʻliq jihozlangan “Isuzu” rusumdagi avtomashinalari tibbiy brigadalar bilan doimiy foydalanish uchun ajratiladi.

Bugungi kunda poytaxtimizdagi 12 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 72 ta oilaviy poliklinikada ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha boʻlgan muddatda chaqiruv boʻyicha tibbiy brigadalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер