Oʻzbekistonda yashillik darajasi qisqa davrda 8 foizdan 14,2 foizga oshdi

11:11 01 Aprel 2026 Siyosat
247 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirida oʻtgan yilda Xoʻjayli, Yangibozor, Gʻijduvon, Baliqchi va Ohangaron tumanlarida yiliga 5,5 million tup manzarali daraxt koʻchatlari yetishtirish imkonini beradigan zamonaviy koʻchatxonalar ishga tushirilgani haqida toʻxtaldi.

Bundan tashqari, choʻllanishni kamaytirish uchun Xitoy tajribasi asosida joriy yil ilk bor Arnasoy, Qorakoʻl, Muborak, Karmana va Nukus tumanlarida 50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bogʻlari yaratildi.

Bu yerda yetishtirilgan galofit urugʻlari kelgusida minglab gektar yerlarda shoʻrlanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Umuman, oʻtgan qisqa davrda respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi.

“Ushbu xayrli ishlarimizga koʻpni koʻrgan nuroniylarimiz, shijoatli yoshlarimiz, tashabbuskor biznes vakillari, mehnat jamoalari, yuz minglab yurtdoshlarimiz munosib hissa qoʻshayotgani barchamizni quvontiradi”, dedi Prezidentimiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер