Oʻzbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi

13:34 28 Yanvar 2019 Siyosat
3933 0

Tashqi savdo vazirligi binosi | Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 yanvardagi Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil qilindi.

Vazirlik Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Tashqi savdo vazirligining qoʻshilishi orqali tashkil etiladigan boʻldi.

Avval xabar berganimizdek, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Sardor Oʻktamovich Umurzoqov Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi.

Sardor Umurzoqov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va keyinchalik Reding Universiteting (Buyuk Britaniya) magistraturasini tamomlagan, hozirda fan doktori ilmiy darajasiga ega.

S.Umurzoqov uzoq muddat Oʻzbekiston bank sohasida, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya) hamda respublikamiz moliya tizimida, xususan Moliya Vazirligi Gʻaznachiligida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер