Oʻzbekistonda yana 41 kishida koronavirus aniqlandi
2020-yil 28-may soat 16:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 (+41) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan boʻlib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istambul shahridan hamda 17 nafari Qozogʻistondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda boʻlgan.
Ayni paytda yurtimizda 2685 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) butunlay sogʻaygan.
Hozirda mamlakatimizda 738 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring