Oʻzbekistonda vaksinalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unda koʻra, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining respublikada farmatsevtika biotexnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan faoliyati qoʻllab-quvvatlansin va uning ushbu yoʻnalishdagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
• immunobiologik preparatlar (vaksinalar, zardoblar, test-diagnostikumlar va boshqalar) boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularni amaliyotga joriy etish;
• mamlakatning biologik xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash;
• vaksina-zardob ishi boʻyicha infeksiya kasalliklariga qarshi profilaktika, diagnostika, dori vositalari va preparatlarini yaratish, ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish;
• ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida biotexnologiya, immunologiya va mikrobiologiya sohasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring