Oʻzbekistonda “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtmoqda
Joriy yilning 23–29-mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” tadbirlari boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” tadbirlari doirasida bir qator tadbirlar rejalashtirilgan boʻlib, madaniyat kunlari doirasida oʻzbek va tojik xalqlarining boy madaniy merosini namoyish etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi.

Xususan:
- “Navroʻzi olam – birlik rishtasi” nomli uch avlod uchrashuvi va davra suhbatlari oʻtkaziladi;
- “Tojik kino kunlari” doirasida Tojikiston kinematografiyasining badiiy filmlari: “Qarmoqqa baliq”, “Haqiqatni izlab”, “Hayot goʻzal”, “Joʻra Sargor” kabi filmlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi;
- Oʻzbekiston va Tojikiston sanʼat ustalari ishtirokida “Doʻstlik kechasi” gala-konsert dasturi, Tojikiston ijodiy jamoalarining konsert chiqishlari, tasviriy sanʼat koʻrgazmalari hamda teatr jamoalarining sahna asarlari namoyishi rejalashtirilgan.

Madaniyat kunlari doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Tojikiston Respublikasi Madaniyat vazirligi oʻrtasida 2026–2027-yillarga moʻljallangan madaniy hamkorlik boʻyicha Tadbirlar rejasi” loyihasining imzolanishi rejalashtirilmoqda. Mazkur hujjat ikki davlat oʻrtasidagi madaniy hamkorlikni izchil va tizimli asosda davom ettirish, madaniyat, sanʼat, kinematografiya, muzeylar, teatr va ijodiy almashinuv sohalarida amaliy natijalarga yoʻnaltirilgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek ikki mamlakat xalqlari oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Bugun, 23-mart kuni Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Navroʻzi olam – birlik rishtasi” nomli uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir mamlakatimizda oʻtkaziladigan “Tojikiston madaniyati va kino kunlari” doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvda, Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – Ozodbek Nazarbekov, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri – Matlubaxon Sattoriyon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi – Sirojiddin Sayyid, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi raisi – Nizom Qosim hamda ikki mamlakatning taniqli adiblari, yosh ijodkorlar, adabiyotshunos olimlari ishtirok etib, milliy adabiyotning bugungi rivoji, anʼana va zamonaviylik uygʻunligi, yosh avlod tarbiyasida badiiy soʻzning oʻrni kabi dolzarb mavzularda muloqot qilindi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida uyushtirilgan muloqot mazkur tadbirlarning birinchisi hisoblanadi.Adabiy muloqot munosabati bilan Yozuvchilar uyushmasi foyesida “Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik” nomli fotosuratlar va kitoblar koʻrgazmasi ham ochildi.
Uchrashuv davomida ikki xalqning milliy kuy-qoʻshiqlaridan namunalar kuylandi.
Uchrashuv yakunida Sirojiddin Sayyid tojikistonlik adib Neʼmat Mamasaidovga Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzolik guvohnomasini, mehmonlarga kitoblar, esdalik sovgʻalari topshirdi.

Joriy yilning 23–29-mart kunlari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtayotgan “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” doirasida oʻzbek va tojik sanʼat ustalarining “Doʻstlik kechasi” nomli gala-konsert dasturi, Samarqand shahrida Tojikiston ijodiy jamoalarining konsert dasturlari, shuningdek “Tojik kinosi kunlari” tadbirlari, Oʻzbekiston davlat sanʼat galereyasida Tojikiston rangtasvir sanʼati ustalarining asarlaridan iborat koʻrgazma boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring