Oʻzbekistonda tamakichilik klasteri tashkil etiladi

16:15 08 Iyun 2020 Hujjatlar
1363 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyati Urgut tumanida tamakichilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama qoʻyildi.

Loyihaga koʻra, “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi "British American Tobacco Uzbekistan (“UZBAT A.O.”) Urgut filiali negizida (tayyorlovchi) va dexqon, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilari (xoʻjaliklar) ishtirokida tamakichilik klasteri tashkil etiladi.

Tamakichilik klasterida 2025-yilga borib quritilgan va qayta ishlangan tamaki xom ashyosi eksport hajmini 1400 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Hujjat loyihasi “ Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер