Oʻzbekistonda taʼlim olayotgan qozogʻistonlik talabalar soni koʻpaymoqda
Foto: Illustrativ surat
Yurtimiz OTMlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan, qozogʻistonlik talabalar 526 nafar tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita statistikasiga koʻra, 2021/22-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qozogʻistonlik talabalar soni 526 nafarni tashkil etgan. Bu 2019/2020-oʻquv yilidagi talabalarga nisbatan 309 nafarga oshganini koʻrsatmoqda.
Yillar kesimida respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan qozogʻistonlik talabalar soni quyidagicha:
— 2019/2020-oʻquv yili – 217 nafar;
— 2020/2021-oʻquv yili – 277 nafar;
— 2021/2022-oʻquv yili – 526 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring