Oʻzbekistonda talabalar assotsiatsiyasi tashkil etiladi

14:50 19 Yanvar 2021 Jamiyat
3162 0

Oʻzbekistonda talabalar assotsiatsiyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda 2021-yilgi davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021-yil 1-sentyabr sanasi belgilangan boʻlib, assotsiatsiya Samarqand viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 Amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda Oʻzbekiston talabalar assotsiatsiyasi tashkil etish va shu orqali “Samarqand tajribasi”ni yaratish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер