Oʻzbekistonda shakar importi kamaydi
2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 12 ta xorijiy davlatdan 13 million dollarlik 23,2 ming tonna shakar import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Shakar importi 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,5 ming tonnaga kamaydi.
2021-yilning oʻtgan 11 oyi davomida respublika eng koʻp shakar import qildi:
Rossiya — 5,3 ming tonna;
Ozarbayjon — 4,6 ming tonna;
Polsha — 3,7 ming tonna;
Ukraina — 3,4 ming tonna;
Qozogʻiston — 1,5 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring