Oʻzbekistonda sentyabrda qaysi rusumdagi mashinalar eng koʻp ishlab chiqarildi?
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida 59 252 dona “Cobalt” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 155,7 foiz) ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, shu vaqt mobaynida 52689 dona “Nexia T-250” (101,0 foiz), 39 960 dona “Lacetti-Gentra” (136,4 foiz), 39631 dona “Damas” (107,6 foiz), 19980 dona “Spark” (129,9 foiz) hamda 6259 dona “Labo“ (116,5 foiz) avtomobillari ishlab chiqarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring