Oʻzbekistonda qoʻy goʻshti va kartoshka qimmatlashdi

15:57 08 Yanvar 2022 Jamiyat
1610 0

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda ommabop oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini oʻrganish natijalariga koʻra 2022-yil 6-yanvar holatiga quyidagi minimal va maksimal narxlar belgilangan:

Suyakli mol goʻshti — 1 kg uchun 45 000 soʻmdan 68 000 soʻmgacha;

Qoʻy goʻshti — 1 kg uchun 54 000 soʻmdan 80 000 soʻmgacha;

Kartoshka — 1 kg uchun 3000 soʻmdan 7000 soʻmgacha;

Piyoz — 1 kg 1500 soʻmdan 3800 soʻmgacha;

Sabzi — 1 kg uchun 1000 soʻmdan 4500 soʻmgacha;

Tuxum — oʻn dona 7000 soʻmdan 15000 soʻmgacha;

Guruch — 1 kg uchun 5000 soʻmdan 17500 soʻmgacha;

Oʻsimlik yogʻi — 1 litri uchun 14 000 soʻmdan 24 000 soʻmgacha;

Shakar — kg uchun 7500 soʻmdan 10500 soʻmgacha.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер